Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Endrikka muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlaydigan grand jamoa topildi

Endrikka muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlaydigan grand jamoa topildi

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Endrik faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Fichajes" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda ijara asosida "Lion"da to‘p surayotgan braziliyalik futbolchini sotib olishga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Aynan "qizil iblislar" yosh iqtidor egasining transferi uchun kurashda yetakchilik qilishmoqda. "MYU" Endrikka muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlashga tayyor.

Endrik 2024 yilda "Palmeyras"dan "Real"ga 47 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda braziliyalik "Lion" safida barcha turnirlarda oltita o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Endrik yanvar oyi yakunlariga ko‘ra Ligi 1 ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kiritildi: 23:21, 18.02.2026.
O'qildi: 3523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик