Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Shik: "Bugun kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo‘ldim"

Shik: "Bugun kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo‘ldim"

Baho:
+ | -

Germaniyaning «Bayer» klubi hujumchisi Patrik Shik Chempionlar ligasi doirasida «Olimpiakos»ga qarshi kechgan o‘yinda dubl qayd etgach, uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bahs «Bayer»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Ba’zan o‘z imkoniyatingni butun o‘yin davomida kutishingga to‘g‘ri keladi. Bunga tayyor bo‘lish kerak, hujumchining ishi shundan iborat. Bugun kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo‘ldim. Qishki tanaffusdan keyin startimiz og‘ir kechdi, lekin biz ancha o‘sishga erishdik», - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.

30 yoshli Patrik Shik joriy mavsumdagi 28 ta o‘yinda 13 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:11, 19.02.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик