Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Tyuram Mourinyuni tanqid qildi

Tyuram Mourinyuni tanqid qildi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lilian Tyuram "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyoni madridning "Real Madrid" qanot hujumchisi Vinisius Junior atrofidagi irqchilik mojarosi fonida keskin tanqid qildi.

"Uning bayonotlaridagi ohang nima uchun oldinga siljimayotganimizni ko‘rsatadi. Mourinyo — ajoyib murabbiy, buyuk faoliyat egasi. U ko‘plab qora tanli futbolchilar bilan ishlagan, lekin bu unga, birinchidan, irqchilik holatining haqqoniyligiga shubha qilishga, ikkinchidan esa jabrlanuvchini golni qanday nishonlagani uchun ayblashga to‘sqinlik qilmayapti. U qanday qilib bunday gapni aytishi mumkin? Siz kimsiz, janob Mourinyo, Vinisius nima qilishga haqli yoki haqli emasligini hal qilish uchun? Bu fikrlar oq tanli ustunlik va narsissizm ifodasidir.

Vinisius duch kelgan irqchilik uning xulqi bilan emas, balki teri rangi bilan bog‘liq edi. Maktabda yoki futbolda irqchilikka uchragan bolalar o‘z xulqi tufaylimi jabrlanuvchi bo‘ladi? Yo‘q. Mourinyo bu Vinisiusning aybi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda, go‘yo u o‘zi aybdor. Ayrim oq tanlilardagi ustunlik hissi ularga o‘zini jabrlanuvchi o‘rniga qo‘yishga xalal beradi. Qanday qilib biz o‘yinchilar aytgan gaplarni inkor qila olamiz? Nima, Vinisius aqldan ozdimi, haqoratni o‘ylab topdimi va hakam oldiga yugurdimi? Kilian Mbappe ham buni eshitdi, u ham aqldan ozdimi? Qora tanlilar aqldan ozganmi? Ular paranoikmi va hikoya o‘ylab topishadimi?

Mourinyo bizni Vinisius irqchilikda o‘zi aybdor deb ishontirishga uringani achinarli ko‘rinadi. Bunday tahlil uni maydakash, arzimas inson darajasiga tushiradi. Shunday munosabat davom etar ekan, biz kurashda birlasholmaymiz. Bu ham irqchilik tarixining bir qismi. Mourinyo irqchilikni inson sifatida emas, balki oq tanli inson sifatida baholamoqda", — dedi Tyuram L’Equipe'ga.

Kiritildi: 14:25, 19.02.2026.
O'qildi: 1181 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.