Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 0-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo - Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya - Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad

Mourinyo OAVdan «qochmoqda». Nega?

Mourinyo OAVdan «qochmoqda». Nega?

Baho:
+1 | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo navbatdagi matbuot anjumanini faqat klub telekanali uchun o‘tkazadigan bo‘ldi. Shanba kuni jamoa «Avesh»ga qarshi maydonga tushadi, portugaliyalik mutaxassis esa juma kuni kunduzi BTV (Benfika TV) efirida chiqish qiladi.

A Bola nashrining yozishicha, bu qaror Chempionlar ligasi doirasidagi «Real»ga qarshi o‘yinda (0:1) Janluka Prestianni va Vinisius Junior o‘rtasida yuz bergan mojaro bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Madridliklar vingeri «Benfika» hujumchisini «maymun» deb haqorat qilganlikda ayblagan edi. Mourinyoning ushbu vaziyat bo‘yicha aytgan gaplari ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Xususan, murabbiy shunday degan edi: «Nimadir noto‘g‘ri ketyapti, chunki bu holat har bir stadionda takrorlanmoqda. Vinisius o‘ynaydigan har qanday stadionda doim nimadir sodir bo‘ladi».

Kiritildi: 21:09, 19.02.2026.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик