Italiyalik nufuzli jurnalist Nikolo Skira «Napoli»ning shotlandiyalik yarim himoyachisi Skott Maktominay haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Neapol klubi futbolchining o‘yinidan juda mamnun va u bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.
«Har ikki tomon shartnoma muddatini uzaytirishni istamoqda va buni yashirishmayapti. Jarayon ayni qizg‘in pallada. Neapolitanliklar Maktominayni jamoa uchun fundamental darajada muhim futbolchi deb hisoblashadi. U maydonda o‘zining individual ko‘rsatkichlari bilan farq qilmoqda», — deya Skiraning so‘zlarini keltiradi Corriere Dello Sport.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2024 yildan beri Italiyada to‘p surmoqda, biroq unga bo‘lgan huquqlar hamon «Manchester Yunayted»ga tegishli.













