"Chelsi" himoyachisi Mamadu Sarr London klubiga qaytgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 20 yoshli senegallik futbolchi mavsumning birinchi yarmini ijara asosida Fransiyaning "Strasburg" jamoasida o‘tkazgan edi.
"Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Qaytish oson kechdi, chunki men yigitlarni va hammani taniyman, shuning uchun hech qanday muammo bo‘lmadi. Bu yerda ajoyib futbolchilar yig‘ilgan. Jamoada bo‘lish men uchun juda yoqimli va hayajonli", — deya Sarrning so‘zlarini keltiradi "ko‘klar" matbuot xizmati.
Qaytganidan so‘ng Sarr Angliya Kubogi doirasida bitta o‘yinda ishtirok etdi.
Shanba kuni, 21 fevral kuni "Chelsi" Premyer-liganing 27-turi doirasida o‘z maydonida "Byornli"ni qabul qiladi.













