Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Bektemir Meliqo‘ziyev AQSHdagi boks oqshomida ganalik Sena Agbeko ustidan g‘alaba qozondi (video)

Bektemir Meliqo‘ziyev AQSHdagi boks oqshomida ganalik Sena Agbeko ustidan g‘alaba qozondi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

AQSHning Nevada shtati Las Vegas shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini o‘tkazib, g‘alaba qozondi.

Supero‘rta vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi ganalik Sena Agbekoga qarshi ringga ko‘tarildi. Yettinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratgan Meliqo‘ziyev o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA qit’alararo chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu Bektemir uchun professional ringdagi 17-g‘alaba bo‘ldi.

Uchrashuv Bektemir uchun bir oz qiyin boshlandi. Birinchi raundning o‘zida raqib boshi bilan zarba berib yuborishi natijasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasining qoshi yorildi. Shunga qaramay, Meliqo‘ziyev jang nazoratini o‘z qo‘lida ushlab turdi va yakunda muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.

Jangdan so‘ng Bektemir Meliqo‘ziyev o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Bu jangga xuddi avvalgilarida bo‘lgani singari jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandim. Afsuski, birinchi raunddagi kutilmagan jarohat bir oz pand berib qoldi. Raqibim bosh bilan zarba berib yubordi va natijada qoshim yorildi. Shunga qaramay, muhim g‘alabani qo‘lga kiritganimdan xursandman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat”.​

Ketma-ket ikkita muhim g‘alabadan so‘ng Bektemir endi asosiy maqsad sari harakat qilishini bildirdi:

“Maqsadim — jahon chempionlik kamari! O‘ylaymanki, tez orada bu kamarni O‘zbekistonga olib kelamiz. Men chempionlik jangiga tayyorman”, deya ta’kidladi bokschimiz.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Meliqo‘ziyev professional faoliyati davomida bunga qadar 17 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan edi. U 10 ta jangda raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan. Bugungi g‘alaba uning prof-boksdagi 17-muvaffaqiyati bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:29, 22.02.2026.
O'qildi: 2997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик