Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kivu Dyumfris va Chalxano‘g‘lining tiklanish jarayoni haqida gapirdi

Kivu Dyumfris va Chalxano‘g‘lining tiklanish jarayoni haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa himoyachisi Denzel Dyumfris va yarim himoyachi Xakan Chalxano‘g‘lining holati haqida ma’lumot berdi.

Har ikki futbolchi hozircha jarohatdan tiklanish jarayonini o‘tamoqda, biroq yaqin vaqt ichida mashg‘ulotlarni qayta boshlashadi.

"Dyumfris oxirgi haftalarda katta o‘sishga erishdi: ertadan u rasman umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytadi va o‘yinga tayyor bo‘ladi. Chalxano‘g‘li ham yaxshi tiklanmoqda, uni dushanba kunidan jamoaga qo‘shilishini kutyapman", — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, kecha Italiya A Seriyasining 26-turida "Inter" safarda "Lechche"ni mag‘lub etdi. Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

24 fevral kuni "neradzurri"ni Chempionlar ligasi 1/16 finali doirasida "Budyo-Glimt"ga qarshi javob o‘yini kutmoqda. Birinchi uchrashuvda norvegiyaliklar ustun kelishgan edi (3:1).

Kiritildi: 12:11, 22.02.2026.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик