Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Paulo Dibala mashhur klub bilan muzokaralarni boshladi

Paulo Dibala mashhur klub bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Hujumchi Paulo Dibalaning kelajagi noaniqligicha qolmoqda va keng muhokama qilinmoqda. Argentinalik futbolchining "Roma" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Jurnalist Matteo Moretto xabar berishicha, 32 yoshli Dibala mashhur "Boka Xuniors" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar yozda erkin agent maqomida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan transferni muhokama qilishmoqda.

"Roma"ga kelsak, klub Dibalaga pasaytirilgan shartlar asosida yangi shartnoma taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Paulo Dibala 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va sheriklariga 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Roma" ayni damda A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 17:52, 23.02.2026.
O'qildi: 1773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик