Milanning "Inter" klubi himoyachisi Federiko Dimarko Norvegiyaning "Bude-Glimt" klubiga qarshi Chempionlar ligasi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida chiqish qildi.
"Biz 2 to‘p farqi bilan yutqazyapmiz. Qarshi hujumlarga e’tiborli bo‘lishimiz kerak, chunki ular Chempionlar Ligasining bu mavsumdagi boshqa o‘yinlarida halokatli bo‘ldi.
Avvalo gol urish haqida o‘ylashimiz kerak, keyin o‘yin qanday o‘tishini ko‘ramiz", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Dimarko joriy mavsumda 6 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













