Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Shaxmat. Abdusattorov shaxsiy murabbiyini almashtirdi

Shaxmat. Abdusattorov shaxsiy murabbiyini almashtirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov so‘nggi turnirlardagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng qanday qilib sport formasini tiklagani va jamoasidagi muhim o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi.

Abdusattorov Forward Chess jurnaliga bergan intervyusida, Samarqandda o‘tgan Grand Swiss turniridan so‘ng murabbiylar shtabida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilganini aytib o‘tgan. Uzoq vaqt davomida Rustam Qosimjonov bilan hamkorlik qilib kelgan shaxmatchi, endilikda yangi mutaxassislar bilan ish boshlaganini bildirgan.

“Murabbiylarni almashtirish qarori o‘yinimga ijobiy ta’sir qildi. Oldin Rustam Qosimjonov bilan ishlardim, hozir esa u milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga o‘tdi va Olimpiadada jamoamiz sardori bo‘ladi. Endi menda bitta emas, ikkita murabbiy bor, biroq ularning ismini hozircha ochiqlay olmayman”, deydi grossmeyster.

Jahon Kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, shaxmatchi o‘z o‘yiniga bo‘lgan yondashuvni butunlay o‘zgartirgan. Nomzodlar turniriga chiqish imkoniyati boy berilgach, ruhiy bosimni kamaytirish choralari ko‘rilgan. Abdusattorovning so‘zlariga ko‘ra, natijaga haddan tashqari bog‘lanib qolish o‘yin sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan:

“O‘zimga bir muddat natijaga bog‘lanmaslikni aytdim. Shaxmatni natija uchun emas, zavq uchun o‘ynay boshladim. Atrofingdagi odamlar ham katta rol o‘ynaydi — jamoamdagi yangi muhit va yondashuv formaga qaytishimga yordam berdi”.

Ma’lumot uchun, 2026-yilning 16-yanvaridan 1-fevraliga qadar Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o‘tkazilgan nufuzli Tata Steel Chess xalqaro turnirida Nodirbek Abdusattorov 13 tur yakuniga ko‘ra 9 ochko jamg‘arib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:59, 24.02.2026.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик