Kirish Ro'yxatdan o'tish

Neymardan Negreyragacha: Font «Barselona»ning imijiga putur yetkazayotgan omillarni sanab o‘tdi

Neymardan Negreyragacha: Font «Barselona»ning imijiga putur yetkazayotgan omillarni sanab o‘tdi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidentligiga nomzod Viktor Font klub atrofidagi tez-tez takrorlanayotgan janjallar haqida fikr bildirdi. Avvalroq «ko‘k-anorranglilar», jumladan, hakamlarni sotib olish va buxgalteriya hisobotlaridagi firibgarliklarda ayblangan edi.

«Biz sud jarayonlariga aralashib qolmaydigan «Barselona» haqida orzu qilamiz. Bu voqealar klubga zarar yetkazishini yaxshi bilamiz. Neymar, Negreyra, Bartomeu ishi... Klub bir marta hukm qilingan edi. Bundan tashqari, biz shunday mamlakatda yashayapmizki, u bizning azoblanishimizni istayotgandek tuyuladi. Bizni qaysi hakamning huzuriga olib borishlarini kim biladi deysiz?» — deya Fontning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri El Món a RAC1’ga tayanib.

«Barselona» prezidentligi uchun saylovlar joriy yilning 15 martida bo‘lib o‘tadi. Klubning yangi prezidenti 1 iyuldan o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.

Kiritildi: 11:48, 25.02.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик