Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor

Abdusattorov va Yoqubboyev bugun «Prague Masters»dagi ishtirokini boshlashadi

Abdusattorov va Yoqubboyev bugun «Prague Masters»dagi ishtirokini boshlashadi

Baho:
+ | -

Chexiya poytaxti Praga shahrida bugundan shaxmat musobaqalari start oladi. Turnirning «Masters» ligasida o‘zbekistonlik ikki shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev ishtirok etishadi.

Abdusattorov ishtirokchilar orasida ikkinchi reytingli (2770,5) shaxmatchi hisoblanadi. Germaniyalik Vinsent Keymer birinchi raqamli hisoblanadi (2776,0).

Yoqubboyev esa 2025 yilda musobaqaning "Challengers" guruhi g‘olibiga aylangani uchun joriy yilda «Masters»da qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘yinlar klassik formatda o‘tkaziladi: dastlabki 40 ta yurish uchun 90 daqiqa beriladi va shundan so‘ng 30 daqiqa qo‘shib beriladi. Shaxmatchilar o‘zaro bir martadan o‘yinlarda ishtirok etishadi hamda 9 tur yakuni bo‘yicha g‘olib nomi aniq bo‘ladi.

Musobaqada quyidagi 10 nafar grossmeyster ishtirok etadi:

Vinsent Keymer (Germaniya, 2776,0)
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2770,5)
Gukesh Domaradju (Hindiston, 2748,2)
Xans Nimen (AQSH, 2734,8)
Yorden van Forest (Niderlandiya, 2729,2)
Parham Maqsudlu (Eron, 2708,9)
Nodirbek Yoqubboyev (O‘zbekiston, 2686,4)
Aravind Chitambaram (Hindiston, 2686,3)
David Anton (Ispaniya, 2667)
David Navara (Chexiya, 2632,2)

Ma’lumot o‘rnida. Nodirbek Abdusattorov 2024 yilda «Prague Masters» g‘olibiga aylangan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:22, 25.02.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик