Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

UFC Oq uydagi turnir uchun rekord miqdorda mablag‘ sarflaydi

UFC Oq uydagi turnir uchun rekord miqdorda mablag‘ sarflaydi

Baho:
+ | -

UFC tashkiloti AQSH poytaxti Vashington shahridagi Oq uyda turnir tashkil etish uchun 60 million dollargacha mablag‘ sarflaydi. Bu haqda MMA Fighting portali xabar berdi.

Oq uydagi turnirni o‘tkazish uchun UFC bino janubidagi maysazorda oktagon va tomoshabinlar uchun tribunalar barpo etadi. Jangchilar oktagonga Oq uy kabinetlari orqali chiqib kelishi kutilmoqda.

Avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Paramount UFC YouTube kanaliga bergan intervyusida ushbu tadbir tashkilot tarixidagi eng ko‘p tomosha qilinadigan turnir bo‘lishini aytib o‘tgan edi.

MMA olamida 2026-yilning eng muhim voqealaridan biri bo‘lishi kutilayotgan ushbu musobaqa 14-iyun kuni tashkil etiladi. Ramziy ma’noda, aynan shu kuni AQSH prezidenti Donald Tramp 80 yoshga to‘ladi.

Dastlab rasmiy manbalarda turnir AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan 4-iyul sanasiga rejalashtirilgani qayd etilgan edi. Biroq logistika masalalari inobatga olinib, tadbir 14-iyun sanasiga ko‘chirildi.

AQSH prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, Oq uy qarshisida quriladigan arenaga 100 ming nafargacha tomoshabin tashrif buyurishi mumkin. Bu Oq uy hududida o‘tkaziladigan tarixdagi ilk professional sport tadbiri sifatida yilnomalardan joy oladi.

Kiritildi: 16:43, 25.02.2026.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик