Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH—2026 guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi kutilmoqda. The Guardian Nigeria News nashrining xabar berishicha, Nigeriya futbol federasiyasi (NFF) pley-off bahsida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, Kongo DR ustidan FIFA’ga shikoyat kiritgan.

Nigeriya tomoni kongoliklar tarkibida maydonga tushish huquqiga ega bo‘lmagan bir necha futbolchi o‘ynaganini iddao qilmoqda. Kongo terma jamoasining ayrim futbolchilari Yevropa (masalan, Belgiya yoki Fransiya) pasportiga ega. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, ular Yevropa pasportini olgan zahoti avtomatik ravishda Kongo fuqaroligini yo‘qotgan hisoblanadi. Nigeriya bu holatni qonunbuzarlik deb hisoblab, raqibini diskvalifikasiya qilishni hamda qit’alararo pley-off yo‘llanmasini o‘ziga qaytarishni talab qilmoqda.

Ushbu holat Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi o‘yinlariga ham bevosita ta’sir o‘tkazadi. Sababi, qit’alararo pley-off (Yamayka, Yangi Kaledoniya va Kongo DR yoki Nigeriya) g‘olibi aynan O‘zbekiston o‘rin olgan “K” guruhidan joy oladi. Agar FIFA Nigeriya talabini qanoatlantirsa, qit’alararo o‘tish o‘yinida Kongo o‘rniga Nigeriya yo‘l oladi. Hozircha mazkur ish FIFA tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Yakuniy qaror yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya hamda qit’alararo pley-off g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Kannavaro jamoasi mundialdagi ilk o‘yinini 17 iyun kuni Mexiko shahrida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:37, 26.02.2026.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.