«Real» yozda yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Xorxe Pikonning ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasi posboni Gregor Kobel transferi variantini ko‘rib chiqmoqda. Shveysariyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning darvoza chizig‘ini kuchaytirish yo‘lidagi asosiy maqsadi bo‘lib turibdi.
Gregor Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan «Borussiya» Dortmund safiga 15 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda darvozabon «arilar» safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 45 ta gol olib chiqdi va 14 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. «Transfermarkt» portali Kobelning narxini 40 million yevroga baholamoqda.













