Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

Tebas: "La Liga moliyaviy jihatdan APL bilan raqobatlasha olmaydi"

Tebas: "La Liga moliyaviy jihatdan APL bilan raqobatlasha olmaydi"

Baho:
+ | -

Xavyer Tebas La Liganing iqtisodiy jihatdan APL bilan raqobatlashishi imkonsiz ekanligi haqida fikr bildirdi.

APLning yangi iqtisodiy modeli boshqalar ko‘rsatayotgan adolatsizlikni tuzatadimi?

"Yo‘q, chunki bu qoida... Biz allaqachon 13 yildan beri o‘ziga xos moliyaviy feyr-pley (FFP) bilan yashayapmiz va u boshqalarnikidan ancha farq qiladi. Lekin bu farq feyr-pleyning o‘zida emas, balki uning qo‘llanilishida.

Asosiy tamoyil har kim o‘z uyida qo‘llaydigan qoida bilan bir xil: topganingdan ko‘p xarajat qilish mumkin emas. Qoidalar oqilona bo‘lishi kerak. Hozirda Angliyada joriy etilayotgan me’yorlar yanada ko‘proq inflyasiya va katta muammolarga olib keladi. U yerda daromadlarning 85 foizini plyus transferlarni sarflash mumkin bo‘ladi. Xarajatlarni hisobga olmaydigan feyr-pley qoidasi ishlamaydi.

Ispaniyada biz xarajatlarni nazorat qilamiz va yakunda daromadning 70 foizini sarflash imkoni paydo bo‘ladi. Ammo shunday klublar borki, ular xarajatlari hajmi tufayli bu 70 foizni ishlata olishmaydi, faqat 60 foizgacha ruxsat beriladi. Boshqalar esa xarajatlarni hisobga olgan holda 73 foizgacha sarflashi mumkin.

Nima uchun APLda inflyasiya kuchayadi? Birinchidan, xarajatlar inobatga olinmaydi. Ikkinchidan, transferlar. Siz sotib olmoqchi bo‘lgan o‘yinchi uchun to‘lovni to‘rt yilga bo‘lib to‘laysiz, ammo ikkinchi yilga kelib birinchi yildagidek daromadga ega bo‘lmasligingiz mumkin. Shunda siz defisit va yanada kattaroq inflyasiyani yuzaga keltirasiz... Bu tizim ishlamaydi.

Uchinchi muammo — APLda ko‘rib chiqilmaydigan ikkita bazaviy me’yor bor. Birinchisi — bozor qiymati. Usiz biz 90-yillardagi Italiya va 2000-yillardagi Ispaniyaga, ya’ni klublar o‘zaro o‘yinchi almashgan davrlarga qaytamiz. Bu bilan soxta umidlar uyg‘otamiz. Ikkinchisi — operasiyalar iqtisodiy jihatdan mantiqli bo‘lishi kerak, ammo hozir bunday emas.

Angliya futbolida o‘zini-o‘zi aldash uchun ayollar futbolini o‘zlaridan o‘zlari sotib olayotganlarini ko‘ryapmiz. Menimcha, bu "Aston Villa". Hamma feyr-pley shakllarini qidirayotgani tahsinga loyiq, lekin barqarorlik juda muhim, ayniqsa ingliz futbolida.

Transferlarni hisobga olmaganda ham, ingliz futbolining pul aylanmasi Ispaniya La Ligasi va Germaniya Bundesligasidan ikki baravar ko‘p. Oddiy feyr-pley bilan ham ularda doimo boshqa ligalarga qaraganda ikki baravar ko‘p investisiya imkoniyatlari bo‘ladi.

Biz moliyaviy jihatdan Premyer-liga bilan raqobatlasha olmasligimizni tushunamiz. Biz tarkibni yaxshiroq shakllantirishimiz, eng yaxshi murabbiylarni taklif qilishimiz mumkin... Lekin iqtisodiy jihatdan — yo‘q. APLga egalari tomonidan ko‘p milliardli in’eksiyalar kerak emas. Unda katta farq bilan birinchi bo‘lish uchun resurslar yetarli", — dedi Tebas.

Kiritildi: 19:38, 26.02.2026.
O'qildi: 227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.