Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Neymar Vinisiusning «Benfika» bilan o‘yindagi harakatini qaytardi

Neymar Vinisiusning «Benfika» bilan o‘yindagi harakatini qaytardi

Baho:
+ | -

«Santos»ning braziliyalik hujumchisi Neymar «Vasko da Gama» darvozasiga gol urganidan so‘ng (2:1), «Real» forvardi Vinisius Juniorning Chempionlar ligasidagi bahsli gol nishonlashini takrorladi.

Eslatib o‘tamiz, «Benfika»ga qarshi Chempionlar ligasi pley-off bosqichining dastlabki o‘yinida Vinisius 50-daqiqada gol urgan va burchak bayrog‘i yonida raqsga tushib, o‘z golini nishonlagan edi. Bu Lissabon klubi muxlislariga yoqmagan, hujumchi esa ushbu harakati uchun sariq kartochka bilan jazolangan edi.

Keyinchalik Vinisius uchrashuv bosh hakami Fransua Leteksye oldiga yugurib borib, avvalroq o‘zaro to‘qnashib ketgan yarim himoyachi Djanluka Prestianni tomonga ishora qilgan. Shundan so‘ng hakam irqchilik alomatlari yuz bergani haqida signal beruvchi ishorani ko‘rsatgan.

Ushbu holatdan so‘ng, UEFA madridlik vingerni irqiy kamsitganlikda gumon qilib, argentinalik yarim himoyachini vaqtinchalik diskvalifikasiya qilgan edi.

Kiritildi: 05:38, 27.02.2026.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик