Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Messi bilan suratga tushishni istagan fanatlar uni yiqitib yuborishdi

Messi bilan suratga tushishni istagan fanatlar uni yiqitib yuborishdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami»ning «Independyente del Valle»ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi yakunida g‘alati voqea yuz berdi. Puerto-Rikoda bo‘lib o‘tgan bahs Amerika jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Final hushtagi chalinishiga oz qolganda, maydonga Lionel Messi bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan ishqibozlar yopirilib kirdi. Avvaliga hammasi tinch edi, ammo keyin vaziyat nazoratdan chiqib ketdi: yugurib chiqqan yana ikki nafar fanat superyulduzga qo‘l tekkizishni shunchalik xohlashdiki, natijada futbolchini bexosdan yiqitib yuborishdi. «Qoidabuzarlar» zudlik bilan qo‘riqchilar tomonidan ushlandi, biroq Leo bundan g‘azablanmadi — u o‘rnidan turdi va xotirjam yo‘lida davom etdi.

Dushanba kuni «Inter Mayami» MLS doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi — raqib «Orlando Siti» jamoasi bo‘ladi.

Kiritildi: 11:23, 27.02.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик