Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Vitor Pereyra: «1/8 finalda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi»

Vitor Pereyra: «1/8 finalda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Vitor Pereyra Yevropa Ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida «Fenerbaxche»dan qabul qilingan mag‘lubiyat (1:2) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Fenerbaxche“ birinchi golni urganida, bizda ishonch biroz yo‘qoldi. Ikkinchi bo‘lim boshidagi penaltidan so‘ng esa o‘z darajamizda o‘ynay boshladik — to‘pni nazorat qildik va yuqori tezlikda vaziyatlar yaratdik. Umid qilamanki, 1/8 finalda bizga kuchli raqib tushadi. Bu bosqichda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Biz munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz va oldinga harakat qilishimiz kerak", — deya Pereyraning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «Nottingem Forest» dastlabki bahsda 3:0 hisobida g‘alaba qozongani sababli Yevropa Ligasining 1/8 finaliga yo‘l oldi. U yerda jamoa «Betis» yoki «Midtyulland»ga qarshi maydonga tushadi. Qur’a tashlash marosimi juma kuni, 27 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:27, 27.02.2026.
O'qildi: 614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик