Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik oqibati: «Inter» endi yulduzini sotishga majbur

Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik oqibati: «Inter» endi yulduzini sotishga majbur

Baho:
+ | -

Markus Tyuram «Inter»ni tark etishga asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.

La Repubblica nashrining xabar berishicha, «Inter»ning Chempionlar ligasidan erta chiqib ketgani (pley-off bosqichida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng) klubni moliyaviy yo‘qotishlarni qoplash uchun yulduz futbolchilaridan biri bilan xayrlashishga majbur qilmoqda. O‘tgan mavsumda milanliklar UEFAdan 137 million yevro daromad olgan bo‘lsa, joriy mavsumda bu ko‘rsatkich taxminan 71 million yevroni tashkil etdi.

2023 yilda erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan Tyuramning sotilishi klub uchun eng katta sof foyda keltiradigan variant sifatida ko‘rilmoqda. Ayniqsa, hujumchining so‘nggi paytlardagi o‘yini avvalgi darajada emasligi va tarkibda Franchesko Pio Espozito kabi yosh iqtidorlarning porlab chiqayotgani bu transfer ehtimolini oshirmoqda.

Shuningdek, himoyachi Denzel Dumfris ham yozda jamoani tark etishi mumkin. Unga «Liverpul» va bir qator APL klublari qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 13:20, 27.02.2026.
O'qildi: 1249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик