Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Italyano: "Maqsadimiz mart oyigacha kubok bahslarida qolish edi"

Italyano: "Maqsadimiz mart oyigacha kubok bahslarida qolish edi"

Baho:
+ | -

"Bolonya" bosh murabbiyi Vinchenso Italyano Yevropa ligasi 1/16 finalida "Brann" ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida to‘xtaldi.

"To‘g‘risini aytsam, dastlabki 20 daqiqa men kutgandek o‘tdi, chunki "Brann"da faqat bitta imkoniyat bor edi va ular bor kuchlari bilan oldinga tashlanishga majbur edilar.

Biz juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik; Rou va Bernardeski qulay vaziyatlarga chiqib borganlarida ko‘proq foyda chiqarishimiz mumkin edi. Son jihatdan ustunlikka ega bo‘lishimiz bilan vaziyatdan maksimal darajada foydalandik.

Menimcha, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga chiqish uchun yetarlicha harakat qildik. Maqsadimiz mart oyigacha kubok musobaqalarida qolish edi: Yevropada buni uddaladik, lekin Italiya kubogida, afsuski, yo‘q.

Birinchi o‘yinda natijaga erishish juda muhim edi, chunki "Brann" yaxshi sport formasida ekanini va bizning taqvimimiz qanchalik tig‘izligini bilardik. Ularning tezligi bizga muammo tug‘dirishi mumkinligini tushunib, Norvegiyada aqlli o‘yin ko‘rsatdi", — dedi Italyano.

Kiritildi: 17:57, 27.02.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик