Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

APLda 28-tur. Shanba kungi o‘yinlar anonsi

APLda 28-tur. Shanba kungi o‘yinlar anonsi

Baho:
+ | -

Bugun, 28 fevral kuni Angliya Premyer-ligasining 28-turi beshta qiziqarli bahs bilan davom etadi. Quyida ushbu o‘yinlarning anonsi va jamoalardagi holat bilan tanishing:

"BORNMUT" — "SANDERLEND" | 17:30
"Bornmut"ning Premyer-ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 7 ta o‘yinga yetdi (4 g‘alaba, 3 durang) — faqat "Manchester Yunayted"da bu ko‘rsatkich yaxshiroq. "Sanderlend" esa oxirgi uch o‘yinda imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, "qora mushuklar" "Bornmut" mehmoni bo‘lgan oxirgi to‘rt o‘yinning uchtasida g‘alaba qozonishgan.

Tarkibdagi yo‘qotishlar: "Bornmut" safida Xulio Soler, Ben Doak va Jastin Klyuyvert yo‘q. "Sanderlend"da esa Reynildu Mandava va Brayan Brobbi kabi futbolchilarning holati so‘roq ostida.

"BYORNLI" — "BRENTFORD" | 20:00
"Byornli" o‘z uyidagi oxirgi 34 o‘yinning faqat 4 tasida g‘alaba qozongan. "Brentford" esa aksincha, safardagi oxirgi besh o‘yinning to‘rttasida zafar quchdi.

Tarkibdagi yo‘qotishlar: "Byornli"da Aksel Tuanzebe, Armando Broyya va Mayk Tresor kabi ko‘plab o‘yinchilar jarohatlangan. Mehmonlarda esa Fabiu Karvalyu jamoaga yordam bera olmaydi.

"LIVERPUL" — "VEST XEM" | 20:00
Arne Slot shogirdlari o‘tgan mavsum boshidagi kabi ketma-ket uchta o‘yinda gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozonishlari mumkin. "Vest Xem" esa so‘nggi olti o‘yinda 11 ochko jamg‘arib, ancha jonlanib qolgan.

Tarkibdagi yo‘qotishlar: "Liverpul" yulduzi Florian Virsning belida muammo bor, Aleksander Isak hamon safda yo‘q, ammo Djeremi Frimpong qaytdi. "Vest Xem"da Freddi Potts diskvalifikasiya qilingan.

"NYUKASL" — "EVERTON" | 20:00
23-turdan beri hech bir jamoa "Nyukasl"chalik ko‘p mag‘lubiyatga uchramadi (4 ta). "Everton" esa 2025 yil yanvaridan beri ilk bor ketma-ket uch o‘yinda yutqazib qo‘yish xavfi ostida.

Tarkibdagi yo‘qotishlar: "Qarg‘alar" safida Bruno Gimaraes va Fabian Sher kabi yetakchilar yo‘q. "Everton"da Jek Grilish jarohatlangan, ammo Jeyk O'Brayen safga qaytdi.

"LIDS" — "MANCHESTER SITI" | 22:30
"Lids" dekabr oyidan beri ligada eng ko‘p durang o‘ynagan jamoa (8 marta) bo‘lib turibdi. "Manchester Siti" esa "Lids" bilan oxirgi beshta to‘qnashuvning barchasida g‘alaba qozongan. Gvardiola jamoasi "Arsenal"dan bir kun oldin o‘ynaydigan bahslarda deyarli xato qilmayapti.

Tarkibdagi yo‘qotishlar: "Siti"da Yoshko Gvardiol va Mate Kovachich lazaretda qolmoqda, ammo Jeremi Doku mashg‘ulotlarga qaytdi.

Kiritildi: 11:36, 28.02.2026.
O'qildi: 886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.