Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Rodjers: "Aston Villa" o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan va har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga qodir"

Rodjers: "Aston Villa" o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan va har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga qodir"

Baho:
+ | -

"Aston Villa" hujumchisi Morgan Rodjers Angliya chempionatining 28-turida "Vulverxempton"dan qabul qilingan mag‘lubiyatga (0:2) munosabat bildirdi.

"Juda xafaman. Vaziyatlar yaratish va gol urish uchun yetarlicha harakat qilmadik. O‘yinning ayrim qismlarini nazorat qildik, hammasi ham yomon emas edi, lekin vaziyatlar yaratishda oqsadik.

Jadvaldagi o‘rnimiz bizga bosim o‘tkazyaptimi? Ha, lekin bunday bo‘lmasligi kerak. Biz turnir jadvalida munosib tarzda yuqori o‘rinda turibmiz va buni unutmasligimiz lozim. Oxirgi o‘yinlar seriyamiz odatdagidek yaxshi emas, lekin bu — APLdagi kurash. Biz g‘alabali seriyamizga qaytish niyatidamiz. Jarohatlar — bu bahona bo‘lolmaydi. Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga intilamiz va hali ham turnir jadvalida uchinchi o‘rindamiz. Bu biz bo‘lishni istagan joy. Biz o‘z oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz va har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga qodirmiz", — deya Rodjersning so‘zlarini keltiradi BBC.

"Vulverxempton" 3 yanvardan beri APLdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 13 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. "Aston Villa" esa 51 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 11:59, 28.02.2026.
O'qildi: 574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик