Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Manchester Siti» Vinisius transferiga tayyor

«Manchester Siti» Vinisius transferiga tayyor

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi yulduzi Vinisius Junior faoliyatini «tumanli Albion»da davom ettirishi mumkin. «Marca» nashrining xabar berishicha, hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Manchester Siti» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Angliya top-klubi rahbariyati braziliyalik futbolchining Madrid grandidagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Shaharliklar» ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarga kirishishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Vinisiusning ayni damdagi bozor qiymati 150 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi «Real» safida barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 13:28, 28.02.2026.
O'qildi: 2077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик