Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Stanislav Kudryashov: «Klubimiz rahbariyati shunday yo‘lni tanladi: yoshlarni tarbiyalash va ularga imkoniyat berish»

Stanislav Kudryashov: «Klubimiz rahbariyati shunday yo‘lni tanladi: yoshlarni tarbiyalash va ularga imkoniyat berish»

Baho:
+ | -

Superliga 1-turidan «Lokomotiv» — «Surxon» (3:1) uchrashuvidan so‘ng termizliklar bosh murabbiyi Stanislav Kudryashov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Futbol mavsumi boshlangani bilan barchani tabriklayman. Mavsum juda qiyin va qiziqarli bo‘ladi. Terma jamoamiz ham ilk marotaba JCHga chiqdi. Mavsumni g‘alaba bilan boshlasak zo‘r bo‘lardi, ammo futbolda g‘alabani ikkiga bo‘lib bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limni juda yomon tarzda boshladik. Yigitlarni maydonda tanimadim. Balki hayajon o‘z so‘zini aytgandir. Hozir bir nima deyish qiyin. Video tahlildan so‘ng bir xulosaga kelamiz. Oldinda ikkita uy o‘yinimiz bor. Keyingi uchrashuvlarda muxlislarimizni chiroyli o‘yin bilan xursand qilamiz degan umiddaman», — deya fikr bildirdi Stanislav Kudryashov.

— «Surxon» 2023 yilgi mavsumdan buyon chempionatni mag‘lubiyat bilan boshlamoqda. Yangi mavsum ham bundan istisno bo‘lmadi. Bunday yomon statistikaning sababi nimada?

— Buni bilardik va shu haqda futbolchilar bilan gaplashgandik. Bilmadim, ushbu yomon an’anaga chek qo‘ya olmayapmiz. Hozir bir nima deyish noto‘g‘ri, avval barchasini tahlil qilib olaylik. Hissiyotlarga berilib turibman. Aytib o‘tganimdek, birinchi bo‘lim juda yomon bo‘ldi. Tanaffusdan keyin esa biroz jonlandik, ammo o‘tkazib yuborgan ikkinchi golimiz o‘yin taqdirini hal etdi.

— Mavsumdan oldingi intervyulardan birida asosiy maqsadimiz — yoshlarga e’tibor va imkoniyat berish degandingiz. Jamoa tarkibi ham ancha yoshardi. Yoshlardan iborat tarkib tuzish kelajakdagi qiyinchiliklarga sabab bo‘lmaydimi? Yoshlarga tajriba yetishmasligi mumkin va oldinda uzun mavsum bor.

— Klubimiz rahbariyati shunday yo‘lni tanladi: yoshlarni tarbiyalash va ularga imkoniyat berish. Bu juda qiziqarli va to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman. Legionerlarni ham safimizga qo‘shib oldik. Bir futbolchimiz Serbiyada o‘ynagan, Richard Fraydey esa o‘tgan mavsum «Dinamo»da o‘ynadi. Avvalroq aytganimdek, birinchi taymda futbolchilarni tanimadim. O‘tkazib yuborgan golimiz sabablimi, bilmadim. Tajribali darvozabonimiz bunday gol o‘tkazib yubordi. Umuman olganda, biz tanlagan yo‘l shu. «Tavakkal qilmagan inson shampan ichmaydi» degan maqol bor-ku. Biz o‘zimizga yarasha tavakkalga boramiz. Imkon qadar to‘g‘ri qaror qabul qilishga va o‘z ustimizda ishlashga intilamiz. Keyingi o‘yinlarimiz bugungidan yaxshiroq bo‘ladi degan umiddaman.

— Demak, «Surxon» yoshlarga imkoniyat berish yo‘lini tanlagani uchun natijaga kamroq e’tibor beradimi? Ya’ni jamoa uchun musobaqa jadvalidagi egallanadigan o‘rinning ahamiyati kamayadimi?

— Har bir futbolchi necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar g‘alaba uchun maydonga tushadi. Hech kim mag‘lubiyat uchun maydonga tushmaydi. Tarkibimizda iqtidorli futbolchilar ko‘p va har bir futbolchi o‘z yosh toifasidagi terma jamoa a’zosi. Har bir o‘yin — tajriba degani. Turkiyadagi yig‘in doirasida ko‘plab o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdik. Rasmiy o‘yin esa biroz farq qiladi. Hech qisi yo‘q, shunday o‘yinlar orqali o‘sib boramiz. Egallaydigan o‘rnimiz imkon qadar teparoqda bo‘lgani yaxshi. Birinchi navbatda muxlislar uchun, sababi futbol muxlislar uchun o‘ynaladi.

— Bugungi uchrashuvda Muhammadali Musaxonov ishtirok etdi. Musaxonov Denov futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda surxondariyolik yosh charm to‘p ustalariga ham imkoniyat beriladimi?

— Biz o‘z viloyati­miz sharafini himoya qilamiz. Sir emaski, Surxondaryo iqtidorlarga to‘la. Do‘rmonov va Bozorov futbol sulolalari Surxondaryodan chiqqan. Biz yoshlarni topib, ularga imkoniyat beramiz. Birinchi navbatda talantlarni topishga intilamiz. Akademiyamizga e’tibor qaratganmiz. U19 va U21 jamoalarini kuzatib bormoqdamiz.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 00:13, 01.03.2026.
O'qildi: 153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.