Kirish Ro'yxatdan o'tish

Milinkovich-Savich A Seriya grandi qiziqishlari doirasida

Milinkovich-Savich A Seriya grandi qiziqishlari doirasida

Baho:
+ | -

Mish-mishlar "Al-Hilol" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni yana Italiya A Seriyasiga qaytishi bilan bog‘lamoqda. Serbiyalik futbolchi maydon markazini kuchaytirish uchun yo‘l qidirayotgan "Milan" klubining qiziqishlari doirasiga tushdi, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.

Biroq, asosiy muammo o‘zgarishsiz qolmoqda — xavbekning maoshi juda yuqori. Hozirda u yiliga taxminan 20 million yevro maosh olmoqda, uning shartnomasi esa 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Sergey Milinkovich-Savich 2023 yildan beri Saudiya Arabistonida faoliyat yuritmoqda. Yevropani tark etgunga qadar u sakkiz yil davomida Rimning "Lasio" jamoasi sharafini himoya qilgan. 27 fevral kuni "byankochelesti" sobiq yulduzi 31 yoshni qarshi oldi.

Kiritildi: 07:04, 01.03.2026.
O'qildi: 552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик