Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ronaldu jarohat oldi

Ronaldu jarohat oldi

Baho:
+ | -

Kecha, 28 fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 24-turi doirasida "An-Nasr" safarda "Al-Fayha" jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Mehmonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi, biroq bahsni yakunigacha yetkaza olmadi. 81-daqiqada portugaliyalik yulduz o‘ng oyog‘idagi muammolar tufayli zaxiraga olindi.

Bundan tashqari, 41 yoshli hujumchi o‘yin davomida penaltini golga aylantira olmadi. Shunga qaramay, "An-Nasr" g‘alabani o‘z qo‘lida saqlab qoldi va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

"An-Nasr" keyingi o‘yinini 4 mart kuni safarda "Al-Vasl"ga qarshi o‘tkazadi. Ronalduning ushbu bahsda ishtirok etishi hozircha so‘roq ostida turibdi.

Kiritildi: 08:29, 01.03.2026.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик