Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Noyer: "Atalanta"ning kam imkoniyat bilan katta natijalarga erishayotgani kishini hayratda qoldiradi"

Noyer: "Atalanta"ning kam imkoniyat bilan katta natijalarga erishayotgani kishini hayratda qoldiradi"

Baho:
+ | -

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer UYEFA Chempionlar ligasi 1/8 final qur’asi natijalarini baholadi. Musobaqaning ushbu bosqichida Myunxen klubi Italiyaning "Atalanta" jamoasi bilan to‘qnash keladi.

"Bizda Chempionlar ligasi o‘yinlarini, jumladan, "Atalanta"ning Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bahsini kuzatish uchun vaqt bo‘ldi. Ular o‘z uyida qanchalik yaxshi o‘ynashini ko‘rdik. Ularning kam imkoniyat bilan katta natijalarga erishayotgani kishini hayratda qoldiradi.

Menimcha, ular o‘zlarining eng yaxshi kunida tog‘larni talqon qila olishadi. Shu bois, birinchi o‘yin Bergamoda o‘tishi yomon emas, shundan so‘ng biz qaysi darajada ekanimizni bilib olamiz. Ushbu xalqaro qarama-qarshilikni intiqlik bilan kutyapmiz. Albatta, italiyalik raqib bilan o‘yin, masalan, "Bayer"ga qarshi bahsdan ko‘ra ko‘proq Chempionlar ligasi ruhini beradi", — deya Noyerning so‘zlarini keltiradi Myunxen klubi rasmiy sayti.

Kiritildi: 09:04, 01.03.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик