Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Gavi safga qaytmoqda: "Barselona" uni ehtiyotkorlik bilan asosiy tarkibga qaytaradi

Gavi safga qaytmoqda: "Barselona" uni ehtiyotkorlik bilan asosiy tarkibga qaytaradi

Baho:
+2 | -

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan so‘ng tez orada maydonga qaytadi. Xavbek avgust oyidan beri maydonga tushmayotgan edi.

"The Touchline" nashrining ta’kidlashicha, "Barselona" o‘z yarim himoyachisini darhol "jangga tashlamoqchi" emas. Rejaga ko‘ra, u xuddi Mark Bernalga qo‘llanilgan yondashuv kabi, asta-sekinlik bilan asosiy tarkibga qaytariladi.

Kelgusi haftalarda Mark Bernal va Mark Kasado maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishi, Gaviga tushadigan yuklama esa bosqichma-bosqich oshirib borilishi kutilmoqda. Hech qanday tavakkalchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Flik Gavini yuqori baholaydi va uni noyob o‘yinchi deb hisoblaydi. Murabbiy kelajakda Gaviga katta umid bog‘lagan va uni yana yo‘qotib qo‘yish xavfini istamaydi.

Joriy mavsumda 21 yoshli Gavi La Liganing faqatgina ikkita uchrashuvida maydonda ko‘rinish berdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:34, 01.03.2026.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик