Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Manchester Yunayted" va "Real" Bundesligadagi "yangi Rodri"ga qiziqish bildirmoqda

"Manchester Yunayted" va "Real" Bundesligadagi "yangi Rodri"ga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" skautlari "Shtutgart"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Chema Andresning o‘yinidan hayratda qolishdi. Biroq, "qizil iblislar"ning ehtimoliy transferiga o‘tgan yozda futbolchini "shvablar"ga sotgan Madridning "Real" klubi to‘sqinlik qilishi mumkin. "Qaymoqranglilar" o‘z akademiyasi bitiruvchisini qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqdalar. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, "Qirollik klubi" Andresni 11,4 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqini opsiyasini saqlab qolgan. "Real" ushbu bandni kelayotgan yozda faollashtirishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, o‘z o‘yin uslubi va sifatlariga ko‘ra yarim himoyachi "Manchester Siti" yulduzi Rodri va "Barselona"ning sobiq a’zosi Serxio Busketsga o‘xshab ketadi.

Joriy mavsumda Andres barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:22, 01.03.2026.
O'qildi: 1620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик