Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Navbahor" stadionida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

"Navbahor" stadionida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Baho:
+ | -

"Lochinlar"  yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi: kecha Samarqandda bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda "Navbahor" "Dinamo"  ustidan 2:1 hisobida ustunlikka erishdi.

Albatta, yangi mavsumda sevimli jamoamiz oldiga katta maqsad qo‘yilgan. Shunga munosib ravishda sharoitlar ham yaratilmoqda.

Ayni kunlarda "Navbahor" markaziy stadionida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari hal qiluvchi pallaga kirdi.

Jarayon bilan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yaqindan tanishdi.

Viloyat rahbari klubning asosiy ma’muriy binosini ham ta’mirlash va qayta jihozlash lozimligini ta’kidlab, bu borada mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

O‘rganish davomida maydonga yotqizilgan chimni sug‘orish tizimi ko‘zdan kechirildi. Ta’mirlash ishlarini tezroq yakuniga yetkazish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:23, 01.03.2026.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик