Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

FIFA prezidenti: «Agar futbolchi og‘zini yopib gapirayotgan bo‘lsa, demak u aytilishi kerak bo‘lmagan gapni aytgan»

FIFA prezidenti: «Agar futbolchi og‘zini yopib gapirayotgan bo‘lsa, demak u aytilishi kerak bo‘lmagan gapni aytgan»

Baho:
+ | -

FIFA prezidenti Janni Infantino raqiblari bilan to‘qnashuv paytida og‘zini qo‘li bilan yopib gapiradigan futbolchilarni maydondan chetlatishni zarur deb hisoblaydi.

«Agar o‘yinchi og‘zini yopib, irqchilik mazmunidagi biron bir gap aytsa, u shubhasiz maydondan haydalishi kerak. U aytish mumkin bo‘lmagan gapni aytgan deb taxmin qilish lozim, aks holda og‘zini yopishiga hojat qolmasdi», — deya Infantinoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sky News».

FIFA rahbarining fikricha, bu kabi choralar sportdagi irqchilikka qarshi kurashga jiddiy yondashilayotganining ko‘rsatkichi bo‘ladi. Shuningdek, u xatoga yo‘l qo‘ygan futbolchilarga uzr so‘rash imkoniyatini ham berish kerakligini ta’kidladi.

«G‘azab ustida inson keyinchalik pushaymon bo‘ladigan ishlarni qilib qo‘yishi mumkin. Bunday hollarda sanksiya boshqacharoq bo‘lishi lozim. Biz oldinga qadam tashlashimiz va ehtimol, bu haqda ham o‘ylab ko‘rishimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi Infantino.

Kiritildi: 05:28, 02.03.2026.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик