Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Mirko Yelichich: «Hozir O‘zbekistonda birdaniga yuqori darajada o‘ynab keta oladigan yoshlar juda kam»

Mirko Yelichich: «Hozir O‘zbekistonda birdaniga yuqori darajada o‘ynab keta oladigan yoshlar juda kam»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Superliganing 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Surxon"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Birinchi o‘yin doimo qiyin o‘tgan. Mavsumga tayyorgarlik davrida qancha nazorat o‘yinlari o‘tkazsangiz ham rasmiy o‘yinlar umuman boshqacha: boshqacha atmosfera, boshqacha intensivlik. Ushbu bahsda uch ochkoni qo‘lga kiritayotganimiz yaxshi holat. «Surxon»ni yaxshi jamoa deb hisoblayman. Bugun ularga ayrim futbolchilari yetishmadi. Vaqt o‘tishi bilan barchasi joyiga tushib ketsa kerak. O‘z maydonimizda g‘alaba qozonganimiz yaxshi bo‘ldi. Bu futbolchilarga ishonch beradi.

— Birinchi g‘alaba bilan tabriklayman. Mavsum oldidan jamoaga kelgan futbolchilar ko‘p bo‘ldi. Ular bir-birini qanchalik yaxshi tushunmoqda?

— Ha, bizda yangilar ko‘p. Tarkibda tajribali futbolchilar ko‘p, shuningdek, yoshi o‘rtacha va yosh futbolchilar bor. Biroq yoshi o‘rtacha futbolchilarimiz ko‘p emas. Balki bu bir tomondan yaxshidir. Chunki tajribali futbolchilar yoshlarning o‘sishiga yordam berishadi. Bizda tarkibdagi yoshlarning darajasi va sifatini oshirish vazifasi ham bor. Bugun barchasi joyida. Albatta, barchasiga vaqt kerak. Ularning ko‘pchiligi o‘tgan mavsumda boshqa jamoada edilar. Hozir jamoa boshqa, tizim boshqa, yo‘nalish boshqacha. Shu sababli ularga hali vaqt kerak.

— Qishki transferlar oynasi vaqtida «Lokomotiv»ni qariyalar jamoasi deb atashgandi. Bugun esa o‘yin taqdirini yoshlar hal qilib berdi. Ushbu o‘yindagi gollar orqali muxlislarga javob berildi desak bo‘ladimi?

— Bu holatga yaxshi qaraymiz. Yoshlar yoshi katta futbolchilarga qarab, intiladi. Yoshi kattalar kichkinalardan ko‘p narsalarni talab qilishadi. Ularning jamoada bunday rolga ega bo‘layotganlaridan mamnunman. Bilasimi muammo nimada? Ular o‘yindan o‘yingacha vaqt ichida kelib chiqadi. Yosh futbolchilar o‘yinga qanchalik ta’sir o‘tkaza oladi, ular jamoaga qanchalik yordam bera olishadi. Gap shunda. Biz murabbiylar ushbu holatdan aqlli yo‘l bilan chiqib keta olishimiz kerak.

— Oleksandr Kucherenkoning tanaffusda almashtirilishiga sabab nimada?

— U boldir mushaklarida muammo sezdi. Hozirgi paytda biz futbolchini bunchalik xavf ostiga qo‘ya olmaymiz. Futbolchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazamiz va nimalar bo‘lishini bilamiz. Unda bungacha ham mikrojarohat bor edi. Men buni jiddiy holat deb hisoblamayman. Ko‘proqqa yo‘qotmaslik uchun yaxshisi uni o‘yindan olib, tiklanishi uchun vaqt bera qolamiz.

— «Lokomotiv»ning ushbu mavsumdagi maqsadi qanday?

— Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bizda yoshlarni kuchaytirish vazifasi ham bor. Hozir bu jarayon amalga oshmoqda. Har bir mashg‘ulot, har bir o‘yin ular uchun dars. Har doim ularga nimadir berishga harakat qilamiz. Jamoaga kelayotganlar «Lokomotiv»ga, o‘zbek futboliga yordam bera oladimi, deb qarab ko‘ramiz. Hozir O‘zbekistonda birdaniga yuqori darajada o‘ynab keta oladigan yoshlar juda kam. Terma jahon chempionatiga yo‘l oldi. Tarkibdagi ko‘plab futbolchilarning yoshi 30dan oshgan. Ularni almashtira oladigan yoshlar esa deyarli yo‘q. Shu sababli istalgan klubda hozir yosh futbolchilarni tarbiyalash vazifasi qo‘yilgan. Ular faqatgina yaxshi raqiblar bilan o‘yinlar orqali toblanib boradi. Shu boisdan katta bahslarda ham yoshlarga imkoniyat berishga harakat qilamiz.

— «Lokomotiv»ning navbatdagi ikki o‘yini «Mash’al» va «Qo‘qon-1912»ga qarshi. Ushbu bahslarda qancha ochko olishni niyat qilgansiz?

— Men barcha jamoalarni hurmat qilaman. Hozir hamma o‘z klubi, o‘z muxlislari, o‘z oilasi uchun kurashmoqda. Hozir kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q deb o‘ylayman. Shu boisdan hamma o‘yinlarga maksimal tayyorlanish kerak. Hozir barcha jamoa uch ochko uchun kurashyapti. Hudo xohlasa shu ikki o‘yinni ham o‘z foydamizga hal qilamiz degan umiddaman. Bu yil Superligada oson o‘yinning o‘zi bo‘lmaydi.

— Superliga taqvimi juda zich. Deyarli ikki oy ichida jamoalar 11 tur o‘yinlarini o‘tkazishlari kerak. Jamoa bunga qanchalik tayyor?

— Bunday paytda tarkibni aqlli bo‘lib tanlash kerak bo‘ladi. Agarda hamma o‘yinga 10-12 futbolchini tashlayversak, futbolchining holatining izdan chiqishi bizning aybimiz hisoblanadi. Jamoada barcha bir-biriga yordam berishga tayyor. Bu jarayonni ham o‘ylash kerak. Emosional, jismoniy, ekologik jihatdan barcha futbolchilar jamoa uchun tayyor turishi, sog‘lom holatda bo‘lishi kerak. Bizda yaxshi tomoni shundaki, tarkibimizda 10 emas, 20ta asosiy futbolchi bor.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:56, 02.03.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик