Angliyada burchak zarbalaridan urilgan gollar ulushi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.
Premyer-liganing joriy mavsumidagi 783 ta goldan 138 tasi (17,6%) burchak zarbalari ijro etilganidan so‘ng kiritilgan.
Bu turnir tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi — ushbu standart vaziyatlardan so‘ng urilgan gollar ulushi boshqa hech bir mavsumda bu qadar yuqori bo‘lmagan.













