"Atletiko" 3 mart kuni Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yinida "Barselona" mehmoni bo‘ladi.
Ushbu o‘yinga "matraschilar" 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan kelmoqda.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, Diyego Simeone ertangi o‘yinda himoyaga qattiq e’tibor qaratadi va o‘yinni 5-4-1 taktikasida boshlaydi.
Agar "matraschilar" g‘alabani ushlab qola olmasa, bu klub uchun haqiqiy falokatga aylanadi.













