Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Superliga. Mart oyida tomosha qilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta o‘yin

Superliga. Mart oyida tomosha qilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta o‘yin

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonda yangi futbol mavsumi start oldi. Fevral oyining so‘nggi kunlarida bir qator murosasiz bahslarga guvoh bo‘ldik. Mart oyida ham bizni bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.

"Bunyodkor" — "Dinamo"

Birinchi turda muhim g‘alabaga erishgan "Bunyodkor" jamoasi ikkinchi turni o‘z maydonida o‘tkazadi. 6 mart kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu bahsda "qaldirg‘ochlar"ga dastlabki turda mag‘lubiyatga uchragan Samarqandning "Dinamo" jamoasi raqiblik qiladi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘tgan yilgi to‘qnashuvlar ham juda qiziqarli o‘tgan. "Bunyodkor" mezbonligi ostida o‘tgan bahsda Vadim Abramov boshchiligidagi "Dinamo", Samarqandda o‘tgan bahsda esa Ilyos Zeytullayev boshqaruvidagi "qaldirg‘ochlar" g‘alaba qozonishgan edi. Ko‘ramiz, jamoalarning bu galgi to‘qnashuvida qaysi jamoa zafar quchar ekan.

"Paxtakor" — "Navbahor"

Mavsumni juda yaxshi boshlagan Toshkentning "Paxtakor" va Namanganning "Navbahor" klublari Superliganing 3-turi doirasida o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv 10 mart kuni "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda har ikki jamoani ham istiqbolli mutaxassislar Timur Kapadze va Kamoliddin Tojiyev boshqarmoqda. Ular o‘zlarining qisqa faoliyatlari davomida katta muvaffaqiyatlarga erishishni uddalashdi. Kapadze terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqqan bo‘lsa, Tojiyev "Paxtakor" bilan O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Ushbu mutaxassislar va ular boshqaruvidagi jamoalardan bu yilda ham ko‘pchilik ijobiy natijalar kutmoqda. Bu o‘yin esa jamoalar uchun ham, murabbiylar uchun ham jiddiy sinov bo‘lishi aniq.

"Andijon" — "Neftchi"

Superliganing 3-turi doirasida muxlislar vodiy derbisiga guvoh bo‘lishadi. Mazkur bahsda Samvel Babayan boshchiligidagi "Andijon" klubi musobaqaning amaldagi chempioni Farg‘onaning "Neftchi" klubi bilan to‘qnash keladi.

Mazkur qarama-qarshilik har doim keskin va murosasiz ruhda o‘tib kelgan. Vodiy jamoalari o‘rtasidagi bellashuv nafaqat uch ochko, balki prinsipial ustunlik uchun ham ahamiyatli hisoblanadi.

Har ikki jamoa uchun mavsum omadli boshlandi. "Andijon" ham, "Neftchi" ham yirik g‘alabaga erishdi. Shunday ekan, jamoalarda kayfiyat yuqori. 3-tur doirasidagi ushbu uchrashuv Superliga muxlislariga yorqin va esda qolarli futbol taqdim etishi shubhasiz.

"Dinamo" — "Nasaf"

Mavsumni qiyin g‘alaba bilan boshlagan "Nasaf" klubi musobaqaning uchinchi turi doirasida Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo‘ladi.

Ushbu jamoalar o‘rtasida o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan har ikki bahs futbol jamoatchiligi tomonidan juda katta qiziqishga sabab bo‘lgan edi. Ayniqsa, so‘nggi turda bo‘lib o‘tgan bahs uchinchi o‘rin taqdirini hal etgan va o‘z maydonida muhim durangni qo‘lga kiritigan "Nasaf" klubi yakunda bronza medallarga ega chiqqandi. Xo‘sh, "Dinamo" ushbu holat uchun o‘z muxlislari qarshisida g‘alaba qozonish orqali revansh oladimi yoki "Nasaf" muvaffaqiyatli seriyasini davom ettiradimi? Buni 11 mart kuni bilib olamiz.

"Neftchi" — "Paxtakor"

Mart oyining bezagiga aylanishi kutilayotgan o‘yin 15 mart kuni Andijon viloyatida joylashgan "Bobur arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun Superliganing amaldagi chempioni bo‘lgan Farg‘onaning "Neftchi" klubi mamlakat kubogi musobaqasining 2025 yilgi sohibi Toshkentning "Paxtakor" klubiga qarshi o‘ynaydi.

Bu yil juda ko‘plab mutaxassislar tomonidan bu ikki jamoa O‘zbekiston Superligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar qatorida e’tirof etilmoqdalar. Shunday ekan, mazkur bahsda qozonilajak g‘alaba jamoaga nafaqat O‘zbekiston Superkubogini keltirishi bilan, balki Superligada ham g‘oliblik ruhiyatini berish bilan ahamiyatlidir.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:12, 03.03.2026.
O'qildi: 227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.