Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Superliga 1-tur uchrashuvlari tahlil qilindi

Superliga 1-tur uchrashuvlari tahlil qilindi

Baho:
+ | -

Superliga 1-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar yuzasidan Valentin Kovalenko va Jahongir Saidovlar boshchiligida onlayn tahlil yig‘ilishi tashkil etildi. Zoom platformasi orqali o‘tgan yig‘ilishda hakamlar hamda hakamlar nazoratchilari ishtirok etdi.

Tahlil davomida hakamlarning maydondagi joylashuvi va to‘g‘ri pozisiya tanlashi, yakka kurashlardagi qarorlar, jarima maydoni ichidagi murakkab epizodlar batafsil ko‘rib chiqildi. Ayrim uchrashuvlarda VAR epizodlarini ko‘rib chiqishga ortiqcha vaqt sarflangani qayd etilib, bu holat o‘yin dinamikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Tahlil jarayoni avvalida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etib qator muhim masalalar yuzasidan fikr bildirdi:

“Mavsum oralig‘ida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari yagona maqsadga qaratilgan — maydonda sifatli va barqaror hakamlikni ta’minlash. Zamonaviy futbolda texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda, har bir epizod batafsil tahlil qilinadi. Shu bois xatolarga o‘rin yo‘q.

Bugun O‘zbekiston futboli tarixiy bosqich oldida turibdi. Oldimizda Jahon chempionati turibdi va biz bu musobaqada munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Buning uchun milliy chempionatimiz tempini oshirishimiz, tezkor va shiddatli futbolni shakllantirishimiz zarur. Ichki chempionatdagi sur’at va talab yuqori bo‘lmasa, xalqaro maydonda raqobat qilish oson bo‘lmaydi. Jahon chempionatida futbol butunlay boshqa tezlik va bosimda kechadi — biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak.

Hakam futbolning sifatini oshirishga xizmat qilishi, uning imijini himoya qilishi hamda o‘yin "Fair play" tamoyillari asosida o‘tishini ta’minlashi zarur. Eng muhim vazifalardan biri — futbolchilar salomatligini asrash. Buning uchun hakam vaziyatni chuqur his eta olishi, o‘yinni to‘g‘ri boshqarishi, futbolchilar bilan to‘g‘ri muloqot olib borishi va profilaktik choralarni o‘z vaqtida qo‘llashi lozim.

Ayrim uchrashuvlarda turli ayyorlik va simulyasiya holatlariga urinishlar kuzatildi. Futbolni chuqur tushunadigan hakam bunday vaziyatlarni tezda anglay olishi, o‘yinchining maqsadini to‘g‘ri baholashi kerak. Birinchi turda penalti ishlashga qaratilgan urinishlar bo‘ldi, biroq hakamlar to‘g‘ri qaror qabul qildi. Muhimi, hakamlarimiz simulyasiyalarga uchmayapti — bu ijobiy ko‘rsatkich.

Shu bilan birga, ayrim holatlarda o‘yin vaqtining ortiqcha cho‘zilishi kuzatildi. Har bir asossiz to‘xtalish uchrashuv dinamikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘yinni avvalgi tempiga qaytarish uchun vaqt talab etiladi. O‘yin sur’ati va dinamikasini saqlash — ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi kerak.

Hakamlar doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi shart. Yuqori saviyadagi hakamlik — yuqori sifatli futbol garovidir. Agar hakam talab darajasida ishlasa, o‘yin sifati ham shunga mos bo‘ladi. Shuningdek, hakamda o‘ziga bo‘lgan ishonch va qat’iyat yetarli darajada bo‘lishi zarur”, — dedi Ravshan Irmatov.

Yig‘ilish yakunida hakamlik sifatini oshirish, yagona talqin va yondashuvni ta’minlash hamda uchrashuvlar tempini barqaror yuqori darajada ushlab turish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Manba: @uzfhm
Kiritildi: 18:02, 03.03.2026.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик