Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Reshfordni haqorat qilgan "Ovyedo" muxlisi 1 yildan ko‘proqqa qamalishi mumkin

Reshfordni haqorat qilgan "Ovyedo" muxlisi 1 yildan ko‘proqqa qamalishi mumkin

Baho:
+ | -

Ayblov tomoni "Barselona" hujumchisi Markus Reshfordga nisbatan irqchilik ruhidagi haqoratlar qilishda ayblanayotgan 2007 yilda tug‘ilgan "Ovyedo" muxlisi uchun 1 yil-u 3 oylik qamoq jazosini so‘radi, deb xabar bermoqda COPE.

25 sentyabr kuni "Barselona" safarda "Real Ovyedo"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘yin vaqtida mezbonlarning muxlislaridan biri mehmonlarning ingliz hujumchisini qora tanlilar uchun kamsituvchi "negrata" deb haqorat qilgan.

Haqorat Reshford burchak to‘pini amalga oshirishga tayyorlanayotgan vaqtda yangragan. Ushbu holat videoga muhrlanib, internetda tarqalib ketgan. Qayd etilishicha, ushbu video 24 soat ichida turli ijtimoiy tarmoqlar orqali 28 894 400 marta tomosha qilingan.

Prokuratura sodir bo‘lgan voqeani irqchilik negizida inson qadr-qimmatiga qarshi jinoyat hamda ma’naviy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar majmui sifatida tavsiflamoqda. Qamoq jazosidan tashqari, aybdordan 2 880 yevro miqdorida jarima undirish, saylov huquqidan mahrum qilish, to‘rt yil davomida ta’lim, sport va dam olish sohalarida faoliyat yuritishni taqiqlash, shuningdek, futbolchiga ma’naviy zarar uchun 2 000 yevro tovon puli to‘lash so‘ralgan.

Muqobil variant sifatida, agar sud javobgarni faqat ma’naviy daxlsizlikka tajovuz qilish moddasi bo‘yicha aybdor deb topsa, prokuratura xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish va besh yil davomida futbol o‘yinlariga tashrif buyurishni taqiqlashni so‘ramoqda.

Kiritildi: 19:04, 03.03.2026.
O'qildi: 263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.