Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Niderlandiyaning ikkinchi divizioni klubi dunyoda pressing qilish bo‘yicha birinchi bo‘ldi (TOP 10)

Niderlandiyaning ikkinchi divizioni klubi dunyoda pressing qilish bo‘yicha birinchi bo‘ldi (TOP 10)

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyoning 56 ta ligasi jamoalari o‘rtasida pressing darajasiga ko‘ra reytingni e’lon qildi.

Ushbu reytingda pressing qo‘llash vaqtida o‘z darvozasidan bo‘lgan masofa, raqibning to‘pga egalik qilishini to‘xtatish tezligi, raqib uzatmalariga nisbatan himoya harakatlari chastotasi, shuningdek, to‘pga ega bo‘lmagan vaqtda maydonning uchinchi qismida (hujumda) fol ishlatishga moyillik kabi parametrlar hisobga olingan.

Reytingning birinchi pog‘onasini Niderlandiya ikkinchi ligasi vakili «Den Xaag» egalladi. Ushbu jamoa 100 ballik shkala bo‘yicha maksimal ballni qo‘lga kiritdi. 41 yoshli Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan «An-Nasr» esa 95,2 ball bilan 10-o‘rinni band etdi.

E’tiborli jihati shundaki, dunyoning kuchli beshlik ligalaridan birorta ham klub umumiy reytingda birinchi o‘ntalikka kira olmagan.

Agar faqat dunyoning eng kuchli beshta ligasini (Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya) ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, eng yaxshi o‘ntalik quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. «Komo» — 94,5 ball

  2. «PSJ» — 94,2 ball

  3. «Bavariya» — 93,3 ball

  4. «Xoffenxaym» — 90,5 ball

  5. «Roma» — 90,4 ball

  6. «Barselona» — 89,7 ball

  7. «Manchester Siti» — 88,7 ball

  8. «Bolonya» — 88,3 ball

  9. «Atletik» — 88,2 ball

  10. «Shtutgart» — 87,6 ball

Kiritildi: 23:28, 03.03.2026.
O'qildi: 1671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик