Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Koke: «Pedri — ispan futbolining ham buguni, ham kelajagi»

Koke: «Pedri — ispan futbolining ham buguni, ham kelajagi»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi Koke «Barselona» yarim himoyachisi Pedrining o‘yinidan hayratda qolganini yashirmadi.

«Ko‘k-anorranglilar»ning 23 yoshli futbolchisi yaqindagina jarohatidan qutilgan bo‘lsa-da, Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida «matraschilar»ga qarshi kechgan javob bahsida final hushtagigacha maydonda harakat qildi. Ushbu o‘yinda «Barsa» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, biroq o‘tgan oyda o‘z uyida 4:0 hisobida zafar quchgan madridliklar keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

«Bizning baxtimiz — Pedrining ispaniyalik ekanligida. U — ispan futbolining haqiqiy buguni va kelajagi. Dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri, balki eng zo‘ridir. U nafaqat ajoyib o‘yinchi, balki ajoyib inson hamdir», — deya Kokening so‘zlarini keltirmoqda «Atletico Universe» nashri.

Eslatib o‘tamiz, Pedri aynan o‘sha jarohati sababli kataloniyaliklar uchun muvaffaqiyatsiz kechgan dastlabki to‘qnashuvni o‘tkazib yuborgan edi.

Kiritildi: 11:43, 04.03.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик