Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Vlaxovich va «Yuventus» o‘rtasida yangi uchrashuv

Vlaxovich va «Yuventus» o‘rtasida yangi uchrashuv

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchi Dushan Vlaxovich bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda.

«Keksa sinyora»ning serbiyalik futbolchi bilan yangi bitim imzolash niyati bir necha hafta oldin ma’lum bo‘lgan edi. Sky Sport bergan ma’lumotlarga ko‘ra, seshanba kuni tomonlar kelgusi hamkorlik shartlarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazishgan. 26 yoshli futbolchining yuqori maoshi Turin klubi uchun hamon asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda, biroq muzokaralar shu bilan to‘xtab qolmaydi. «Yuventus» Vlaxovichning iste’dodiga shubha qilmayapti, bosh murabbiy Luchano Spalletti esa uni loyihaning asosiy figurasi deb hisoblaydi va shartnoma uzaytirilishini talab qilmoqda.

Hujumchining o‘zi ham jamoada qolishni istaydi. Yaqin kelajakda futbolchi va klub kelishuvning moliyaviy jihatlari bo‘yicha murosaga kelishga harakat qilib ko‘rishadi.

Kiritildi: 12:19, 04.03.2026.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик