Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Diyego Simeone «Barselona» bilan o‘yindan so‘ng: «Mana shu — «Atletiko»!»

Diyego Simeone «Barselona» bilan o‘yindan so‘ng: «Mana shu — «Atletiko»!»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasi Ispaniya Kubogi finaliga chiqqanidan keyin o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Matraschilar» «Kamp Nou»da «Barselona»ga yirik (0:3) hisobda imkoniyatni boy berishdi, biroq o‘z uylaridagi bahsda bundan ham yirikroq (4:0) g‘alabaga erishishgani sababli qarama-qarshilikda g‘olib chiqishdi.

«Tabloda hisob 3:0 bo‘lib turganda, men: «Bu — «Atletiko», dedim. Bugun bizga ancha qiyin bo‘ldi, lekin jamoa qiyinchiliklarni yengib o‘tganidan faxrlanaman va xursandman. Ikki o‘yindan iborat to‘qnashuvlarning o‘ziga xos jihati ham shunda», — dedi Diyego Simeone o‘yindan keyingi intervyusida.

Finalda «Atletiko» yo «Real Sosyedad», yoki Bilbaoning «Atletik» jamoasi bilan o‘ynaydi (birinchi o‘yin — 1:0).

Kiritildi: 12:20, 04.03.2026.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик