Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" afsonasi: "Bu safar titulni hech kimga bermasa ham bo‘laveradi"

"MYU" afsonasi: "Bu safar titulni hech kimga bermasa ham bo‘laveradi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi chempionlik poygasi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Hozirgi vaqtda turnir jadvalini 64 ochko jamg‘argan "Arsenal" boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinda esa bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan va peshqadamdan besh ochko ortda qolayotgan "Manchester Siti" bormoqda.

"Agar ushbu ikki jamoadan birini tanlash kerak bo‘lsa, men "Manchester Siti"ni aytgan bo‘lardim. Biroq bu mavsumda umuman titulni topshirish kerakmikan, deb ikkilanib qolaman. Bilaman, kim g‘alaba qozonsa ham, odamlar doim g‘olibni bunga loyiq deb atashadi, lekin bu safar hech qaysi jamoa meni ishontira olmayapti. Hech kim chempionlikka loyiqdek ko‘rinmayapti", – dedi Skoulz The Good, The Bad & The Football podkastida.

Bundan oldin sobiq xavbek "Arsenal" "Premyer-liga tarixidagi eng yomon chempion"ga aylanishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 15:49, 04.03.2026.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик