Kirish Ro'yxatdan o'tish

Neymar: "Mening vorisim, sen yanada kuchli bo‘lib qaytasan"

Neymar: "Mening vorisim, sen yanada kuchli bo‘lib qaytasan"

Baho:
+ | -

"Santos" hujumchisi Neymar jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan vatandoshi Rodrigoni qo‘llab-quvvatladi.

Tibbiy ko‘rik Madridning "Real" klubi futbolchisida tizzaning xochsimon boylamlari uzilganini aniqladi. 25 yoshli o‘yinchining o‘zi mavsumning qolgan qismini va bo‘lajak jahon chempionatini o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

"Bugun men uchun eng mahzun kunlardan biri. Bu haqda eshitganimda, ko‘z oldimda ushbu jarohat bilan bog‘liq barcha azoblar, iztiroblar va qo‘rquvlar xuddi filmdek o‘tdi. Mening "o‘nligim", mening bolam, mening vorisim (seni shunday deb atayman), sendan faqat bir narsani so‘rayman: o‘zingni barcha sevgan insonlaring bilan qurshab ol.

Ukam, senga kuch tilayman. Ishonchim komil, sen yanada kuchli bo‘lib qaytasan. Sen meni qo‘llab-quvvatlagan eding, men ham yoningda bo‘laman", – deb yozdi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Rodrigoga qarata.

"Qaymoqranglilar" hujumchisi joriy mavsumda 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Kiritildi: 16:29, 04.03.2026.
O'qildi: 2205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик