Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. «Manchester Siti» o‘z uyida ochko yo‘qotdi: «Nottingem Forest» chempionlik poygasiga ta’sir o‘tkazdi (Videosharh)

APL. «Manchester Siti» o‘z uyida ochko yo‘qotdi: «Nottingem Forest» chempionlik poygasiga ta’sir o‘tkazdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 29-turi doirasida kechgan bahsda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Nottingem Forest» bilan durang o‘ynadi — 2:2.

Mezbonlar safida Antuan Semenyo va Rodri o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlardan Morgan Gibbs-Uayt hamda Elliott Anderson gol muallifiga aylanishdi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov 77-daqiqada maydonga tushib, «shaharliklar» tarkibidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Ushbu natija bilan «Manchester Siti» Angliya chempionatidagi 4 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasini to‘xtatdi. Jamoa APL turnir jadvalida 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Nottingem Forest» esa 28 ochko bilan 17-pog‘onada bormoqda.

Angliya Premyer-ligasi. 29-tur
05.03.2026 | 00:30
«Etixad», Manchester

«MANCHESTER SITI» — «NOTTINGEM FOREST» — 2:2
Gollar: Antuan Semenyo 31’ (1:0), Morgan Gibbs-Uayt 56’ (1:1), Rodri 62’ (2:1), Elliot Anderson 76’ (2:2).

«Manchester Siti»: Donnarumma, Ruben Diash, Gexi, Ait Nuri (Abduqodir Husanov, 77), Mateus Nunes, Rodri, Bernardu Silva, Foden (Doku, 77), Sherki (Savio, 82), Xolann, Semenyo.

«Nottingem Forest»: Sels, Milenkovich, Murilyo, Kunya, Sangare, Anderson, Uilyams (Moratu, 90), Ayna, Gibbs-Uayt (Yeyts, 90), Dominges (Xadson-Odoi, 63), Igor Jezus (Avoniyi, 79).

Ogohlantirishlar: Sangare (45), Murilyo (60), Milenkovich (63), Sels (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:33, 05.03.2026.
O'qildi: 1754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик