Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe «Real» safiga qaytishga shoshilmayapti

Mbappe «Real» safiga qaytishga shoshilmayapti

Baho:
+ | -

«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe tiklanish jarayonini tezlashtirishni istamayapti. The Touchline nashrining La SER’ga tayanib xabar berishicha, Mbappening chap tizzasidagi orqa xochsimon bog‘lamlari haddan tashqari zo‘riqish holatida turibdi.

Agar Mbappe «Real» safida maydonga tushishga shoshilsa, vaziyat yanada yomonlashishi mumkin. Kilian esa bu borada tavakkal qilishga tayyor emas.

Mbappening bu qarorini tushunish qiyin emas, chunki oradan uch oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.

2025/2026 yilgi mavsumda Kilian Mbappe 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:24, 05.03.2026.
O'qildi: 933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик