Kirish Ro'yxatdan o'tish

YECHLsiz qolish «Liverpul» daromadlarini keskin kamaytiradi

YECHLsiz qolish «Liverpul» daromadlarini keskin kamaytiradi

Baho:
+ | -

Agar «Liverpul» joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, 120 million funt sterling miqdoridagi daromaddan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Ko‘hna qit’aning eng nufuzli klublar turnirida ishtirok etmaslik mersisaydliklarning daromadlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Shunga qaramay, o‘tgan yozgi transfer oynasidagi katta xarajatlarga qaramay, klubdagi moliyaviy holat barqarorligicha qolmoqda.

Ayni damda «Liverpul» 48 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasining joriy mavsumida esa jamoa umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra uchinchi o‘rinni egalladi va 1/8 finalda Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 13:36, 05.03.2026.
O'qildi: 1070 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик