Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Ispaniya — Argentina bahsi qayerda o‘tadi? UEFA rasmiy bayonot berdi

Ispaniya — Argentina bahsi qayerda o‘tadi? UEFA rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

UEFA 27 mart kuni Qatarning "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Finalissima-2026 uchrashuvini boshqa joyga ko‘chirish rejada yo‘qligini e’lon qildi.

Avvalroq, Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat tufayli Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi o‘yin Qatardan boshqa mamlakatga ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Mintaqadagi vaziyatni inobatga olgan holda, Finalissima atrofidagi turli mish-mishlardan xabarimiz bor. Biroq, ayni damda muqobil o‘tkazilish joyi ko‘rib chiqilmayapti», — deyiladi UEFA bayonotida.

Shunday bo‘lsa-da, UEFA, KONMEBOL va FIFA yakuniy qarorga kelish uchun Qatar rasmiylari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Uzil-kesil to‘xtamga kelasi hafta yakuniga qadar kelinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:27, 05.03.2026.
O'qildi: 1800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик