Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Beyl "Real"ning sobiq murabbiyini maqtadi: "U "Manchester Yunayted"da ajoyib ish qilgan bo‘lardi"

Beyl "Real"ning sobiq murabbiyini maqtadi: "U "Manchester Yunayted"da ajoyib ish qilgan bo‘lardi"

Baho:
+ | -

«Real Madrid»ning sobiq futbolchisi Garet Beyl o‘zining sobiq murabbiyi haqida fikr bildirdi. Uelslik futbolchi Karlo Anchelottini ko‘klarga ko‘tarib maqtadi.

«Karlo Anchelotti — men faoliyatim davomida ko‘rgan odamlarni boshqarish bo‘yicha eng yaxshi murabbiy. Agar siz o‘ynamayotgan bo‘lsangiz ham, u sizni o‘zining eng yaqin do‘stidek his qilishga majbur qilardi. Unda jamoadagi hammani mamnun qilishdek ajoyib qobiliyat bor.

O‘ylaymanki, Anchelotti «Manchester Yunayted»da ham hayratlanarli darajada yaxshi ishlagan bo‘lardi. Chunki u hammani birlashtira olardi. U har bir o‘yinchidan maksimumni chiqarib oladi. Futbolda narsalarni soddalashtirish kerak — u esa bu borada haqiqiy daho», — dedi Beyl The Overlap dasturida.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda.

Kiritildi: 16:54, 05.03.2026.
O'qildi: 2689 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик